Farangiz Abdazova o‘g‘liga qanday ism qo‘ygani ma’lum bo‘ldi (video)

Farangiz Abdazova o‘g‘liga qanday ism qo‘ygani ma’lum bo‘ldi (video)

Aktrisa Farangiz Abdazova oilasidagi quvonchli yangilik bilan bo‘lishgani haqida avval xabar bergan edik. San’atkor 8 avgust kuni o‘g‘il farzandli bo‘lganini ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgandi.

Aktrisaning so‘nggi videosida esa chaqaloq bilan tug‘ruqxonadan chiqish jarayoni aks etgan. Kadrlarda Farangiz Abdazovani yaqinlari kutib olayotgani, uy oldi esa maxsus bezatilganini ko‘rish mumkin.

E’tiborli jihati, bezaklar orasida «Baby Samir» yozuvi ham bor. Shu orqali yangi mehmonga Samir ismi qo‘yilganini bilish mumkin.

Farangiz Abdazova video ostida o‘g‘lini «Oilamizning ilk mitti farishtasi» deya atagan. Chaqaloqni kutib olish marosimida oila a’zolari va yaqinlari ham ishtirok etib, yosh ota-onaning quvonchiga sherik bo‘lishgan.

Aktrisaning muxlislari ham ushbu quvonchli xabarni iliq qarshi olib, izohlarda Farangizni onalik baxti bilan tabriklashmoqda. Ular chaqaloqqa sog‘lik-omonlik, uzoq umr va baxt tilab, samimiy tilaklarini bildirishgan.

Biz ham Farangiz Abdazova va uning turmush o‘rtog‘ini ota-onalik baxti bilan muborakbod etamiz. Kichik Samirga esa mustahkam sog‘lik, uzoq umr va baxtli bolalik tilaymiz!

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar