Hosila Rahimova Yangi yilni Amerikada davom ettirmoqda

Xonanda Hosila Rahimova Yangi yil ta’tilini AQShda o‘tkazmoqda. San’atkor o‘zining Instagram sahifasida bayram kayfiyatini aks ettirgan post ulashib, unda: “Yangi yil shukuhi O‘zbekistonda boshlanib, okean orti Amerikada davom etmoqda”, — deya izoh qoldirdi.
Hozirda Hosila Rahimova Amerikadagi New York shahrida sayohat qilmoqda. Xonandaning sahifasida e’lon qilingan videolar va suratlarda megapolis manzaralari, bayramona ko‘chalar hamda shahar muhitidan zavqlanayotgan lahzalar aks etgan.
Muxlislar san’atkorning postlarini iliq izohlar bilan qarshi olib, unga maroqli dam olish va unutilmas taassurotlar tilamoqda. Hosila Rahimova esa safar davomida bayram kayfiyati bilan bo‘lishib, yangi yilni yorqin hissiyotlar bilan qarshi olayotganini namoyon etmoqda.
