date

Taniqli reper Konstaning uyi yonib ketgani aytilmoqda

Taniqli reper Konstaning uyi yonib ketgani aytilmoqda

Tarmoqlarda Konsta taxallusi bilan tanilgan reper-xonandaning uyi yonib ketgani haqidagi videolar tarqaldi. Tasvirlarda xonanda yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan uyini ko‘rsatib, voqea yuz bergan paytda uyda hech kim bo‘lmaganini ta’kidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Konsta videoda yuz bergan holatni “fojia” sifatida tilga olib, yong‘in uyi ancha shikastlaganini aytadi. Shuningdek, u hozircha vaqtinchalik yashash masalasini hal qilish zarurligini bildirib, markazdan 3 xonali uy qidirayotganini qo‘shimcha qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalar ortidan ko‘plab foydalanuvchilar xonandaga dalda va yordam takliflarini ham yozyapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yuzasidan tekshiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari, zarar ko‘lami hamda boshqa tafsilotlar bo‘yicha hozircha rasmiy xulosalar e’lon qilinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Taniqli reper Konstaning uyi yonib ketgani aytilmoqda