G‘uzorda ayol va to‘rt farzandini tiriklayin yoqib yuborgan erkak umrbod qamaldi

G‘uzorda ayol va to‘rt farzandini tiriklayin yoqib yuborgan erkak umrbod qamaldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ayol va uning to‘rt nafar farzandi ustiga benzin sepib, o‘t qo‘ygan S.T. ismli shaxs umrbod ozodlikdan mahrum etildi.
  • 2026-yil 15-may kuni sodir bo‘lgan ushbu mudhish hodisa oqibatida 6 yoshli o‘g‘il va 11 yoshli qiz vafot etgan, ayol hamda ikki nafar farzandining hayoti saqlab qolingan.

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ayol va uning to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi ustiga benzin sepib, o‘t qo‘ygan erkak umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 2026 yil 15 may kuni soat 22:30 larda sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi S.T. jabrlanuvchi ayolning G‘uzor tumanidagi xonadoniga borib, u bilan janjallashgan. Shundan so‘ng o‘zi bilan olib kelgan besh litrli plastik idishdagi benzinni yopiq xonada bo‘lgan ayol va uning to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi ustiga sepib, ularga o‘t qo‘ygan.

Hodisa oqibatida ayol va uning to‘rt farzandi kuyish jarohatlarini olgan. Tez tibbiy yordam va ko‘rsatilgan muolajalar natijasida ayol hamda ikki nafar farzandining hayoti saqlab qolingan. Biroq 6 yoshli o‘g‘il va 11 yoshli qiz og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etgan.

Sud majlisida jabrlanuvchi ayol sudlanuvchiga eng og‘ir jazo tayinlanishini so‘ragan.

«Oliy jazo berishlarini so‘rayman. Endi ikkita bolam qaytib kelmaydi. Yengil jazo bermasalaringiz, yana ham ko‘payib ketadi mana shundaylar. Oliy jazo berishlaringizni so‘rab qolaman», — degan u.

Jigarrang kurtka kiygan kal boshli erkak yon tomonga qarab turibdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi hukmi bilan S.T. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «v», «d», «j» bandlari (og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish), 25 va 97-moddalar (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd), shuningdek, 173-moddasi 2-qismi «b» bandida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, unga uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar