Munisa Rizayeva ajrashdimi? Xonanda erining tanlovi haqida bir qarorga kelganini ma’lum qildi

Munisa Rizayeva ajrashdimi? Xonanda erining tanlovi haqida bir qarorga kelganini ma’lum qildi

Xonanda Munisa Rizayeva oilaviy hayoti va ijodiy faoliyati borasida bir qarorga kelganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i unga ijod va oilaviy hayot borasida tanlov bergan: agar xonanda ijodini to‘xtatsa, ular Dubayda birga yashab, oilani birgalikda davom ettirishlari mumkin.

Biroq Munisa Rizayeva ijoddan voz kechmoqchi emasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Toshkent va Dubayda yashashga kelishib olishgan.

"Albatta, biz bir qarorga keldik. Ijodimni to‘xtatmayman. Xudo xohlasa, Toshkentda ham, Dubayda ham yashaymiz. Men ijod qilaman, chunki ijod — hayotimning mazmuni. Ko‘pchilik “Ajrashdingizmi?” deb so‘ramoqda. Yo‘q, men ajrashmadim", — dedi xonanda.

Shuningdek, u ajrashish haqidagi savollarga kinoyali tarzda "Hozircha ajrashmadik", deya izoh qoldirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar