Xonanda Manzuraning shaxsiy hayotida tez orada yangilik bo'ladimi?

O‘zbekiston estradasining sevimli xonandalaridan biri Manzuraning shaxsiy hayotida yangilik bo‘layotgandek. Xonanda so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi bilan muxlislar e’tiborini tortmoqda va navbatdagi Instagram posti ham bundan mustasno bo‘lmadi.
Manzura o‘z sahifasida video joylab, unda avtomobilda bir yigit bilan birga ketayotganini ko‘rish mumkin. Kadrda ular qo‘l ushlashgan holda aks etgan bo‘lib, bu holat muxlislar orasida iliq taassurot qoldirdi. Video qisqa bo‘lishiga qaramay, u xonandaning shaxsiy hayoti borasida turli taxmin va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Muxlislar esa Manzuraga samimiy tilaklar bildirmoqda. Izohlarda unga baxt, tinchlik va muhabbat tilaganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Xonandaning o‘zi bu borada hozircha aniq izoh bermagan bo‘lsa-da, video ko‘plar tomonidan ijobiy qabul qilindi va Manzuraning baxtli ekaniga ishora sifatida baholanmoqda.
