Feruza Jumaniyozovadan “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmidagi Marjona obrazi

Mashhur xonanda Feruza Jumaniyozova yana bir bor ijodiy izlanishda ekanini namoyon etdi. U “Ali bobo va qirq qaroqchi” nomli loyihada Marjona obrazini gavdalantirdi.
Xonandaning ushbu roli ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. U sahnalardan bir qismini o‘zining rasmiy sahifasiga joylashtirdi va bu muxlislar orasida ijobiy fikrlar, hayrat va olqishlar bilan kutib olindi.
Videoda Feruzaning obrazga chuqur kirgani, mimika va plastikasidagi o‘zgarishlar, aktyorlik mahorati ko‘pchilik tomonidan e’tirof etildi. Ko‘plab izohlarda muxlislar uning bu yo‘nalishda ham faol bo‘lishini istashlarini bildirganlar.
Bu esa xonandaning nafaqat musiqada, balki ekranda ham o‘ziga xos qiyofa yaratishga qodir ijodkor ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Feruza Jumaniyozova uchun bu kabi aktyorlik tajribalari — san’atning yangi qirralarini ochishga xizmat qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!