Marjona Mirzaaliyeva o‘g‘lining xohishini amalga oshirdi: yangi mashina xarid qildi (video)

Aktrisa Marjona Mirzaaliyeva muxlislari bilan quvonchli yangilikni bo‘lishdi. U Instagram sahifasi orqali yangi avtomobil xarid qilganini ma’lum qildi.
Aktrisa yangi mashinasi aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Unda Marjona Mirzaaliyeva o‘g‘li Muhammadabibning xohishiga ko‘ra, avvalgi avtomobilini yangi mashinaga almashtirganini aytdi.
«Alhamdulillah. Farzandimning tanlovi. Oilamizga xush kelibsan, qora panteram», — deb yozdi aktrisa.
Marjona Mirzaaliyeva o‘g‘liga bag‘ishlagan ta’sirli murojaatida uni hayotidagi eng buyuk ne’matlardan biri deb atadi. U farzandi ulg‘aygach, bu so‘zlarni o‘qishini istashini, uning baxti uchun ham ota, ham ona bo‘lishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
Aktrisa, shuningdek, o‘g‘lining yana bir xohishini o‘z mehnati va imkoniyatlari bilan amalga oshira olganidan faxrlanishini bildirdi.
«Mitti yurakchang xohlagan yana bir narsani o‘z kuchim, o‘z mehnatim bilan amalga oshira olganimdan faxrdaman, bolam», — deya yozdi u.
Mazkur xabar aktrisaning kuzatuvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Marjona Mirzaaliyevani tabriklab, yangi avtomobili oilasiga xayrli va yaxshi kunlarda xizmat qilishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aktrisa o‘g‘li Muhammadabib uchun yangi uy xarid qilganini ham ma’lum qilgan edi.






























Izohlar 0
…