Aktrisa Marjona Mirzaaliyeva yangi serialdagi partnyorini ochiqladi (video)

“Qodirxon” seriali orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Marjona Mirzaaliyeva 5 yillik tanaffusdan so‘ng yana serialda suratga tushayotganini ma’lum qildi.
Aktrisa Instagram sahifasida yangi “Hayotim seniki” nomli serialda uning hamkori kim bo‘lishini ham ochiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, Marjonaning yangi loyihadagi juftligi “Qodirxon” serialida ham u bilan birga rol ijro etgan aktyor Davron Asqarov bo‘ladi.
“5 yillik tanaffusdan so‘ng bizni yana bir serialda juftlik sifatida ko‘rishni xohlaganlar uchun — yangi serialda ko‘rishguncha”, — deya yozdi Marjona Mirzaaliyeva.
Aktrisaning ushbu xabari muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Kuzatuvchilarning aksariyati Marjona va Davronni yana bir loyihada juftlik sifatida ko‘rishdan xursand ekanini bildirib, ularning ekrandagi bir-biriga juda mos tushishini yozishgan.
Hozircha “Hayotim seniki” serialining qachon namoyish etilishi haqida aniq ma’lumot berilmagan. Ijodkorlar loyiha tez orada taqdim etilishini ma’lum qilgan.
Sizningcha, Marjona Mirzaaliyeva va Davron Asqarov yangi serialda juftlik sifatida bir-biriga qanchalik mos tushadi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.






























Izohlar 0
…