“Chocotella” reklamasidagi mashhur bolakay hozir qanchalik o‘zgarib ketdi?

Yillar avval “Chocotella” reklamasidagi kulgili ifodasi va sho‘x harakati bilan minglab tomoshabinlarning yodida qolgan Timur Murodullayev bugun butkul boshqa yo‘ldan ketmoqda. Ko‘plab muxlislar hanuzgacha uni ekranlarda ko‘rishni istashadi, ammo Timur hozirda aktyorlikdan yiroq – u tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda.
Timur Murodullayev: "Yaxshi ssenariy bo‘lsa, albatta qaytaman"
Mashhur reklama orqali tanilgan Timur yaqinda bergan intervyusida aktyorlikka qaytish ehtimoli haqida ham to‘xtaldi. “Agar qiziqarli va sifatli ssenariy bo‘lsa, albatta ijro etaman. Yaxshi loyiha uchun yana kameralar qarshisiga chiqishga tayyorman”, — deydi u.

Bugungi kunda Timur Murodullayev o‘zining biznesini yuritmoqda. U reklama orqali orttirgan ommaboplikni endi boshqa yo‘nalishda davom ettirmoqda. Shunga qaramay, muxlislar uni yana ekranlarda ko‘rishdan umid qilishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!