“Grimxonada meni urdi”: Saida Rametova hayotidagi og‘ir voqeani oshkor qildi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Saida Rametova va turmush o‘rtog‘i Jumadulla noma’lum ayol tomonidan xiyonat haqidagi tuhmatlar bilan yuz to‘qishdi.
- Ushbu yolg‘on gaplar natijasida Jumadulla aktrisani
Aktrisa Saida Rametova hayotidagi eng og‘ir sinovlardan biri turmush o‘rtog‘i Jumadulla bilan munosabatlariga ta’sir qilgan tuhmat bo‘lganini esladi. Uning aytishicha, noma’lum ayol bir necha bor qo‘ng‘iroq qilib, aktrisani boshqa erkak bilan yurishda ayblagan va oilasini buzishga uringan.
Saida Rametovaning hikoya qilishicha, o‘sha paytlarda uyali telefonlar bo‘lmagan. Bir kuni teatrga qo‘ng‘iroq qilgan noma’lum ayol Jumadullaga xotinini «yig‘ishtirib olishi» kerakligini, go‘yoki u ayolning eri bilan munosabatda ekanini aytgan. Hatto aktrisaning uyiga borib, uni sharmanda qilish bilan ham tahdid qilgan.
Bu gaplar tabiatan rashkchi bo‘lgan Jumadullaning qattiq jahli chiqishiga sabab bo‘lgan. Aktrisaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i uni grimxonada turgan vaqtida urgan. Saida esa nima bo‘layotganini tushunmay, o‘zining hech kim bilan yurmaganini va xiyonat qilmaganini tushuntirishga uringan. Shunga qaramay, noma’lum ayolning qo‘ng‘iroqlari yana takrorlangan.
Oxiri aktrisa bu vaziyat haqida Bahodir akaga murojaat qilgan. U kishi ham shunga o‘xshash holatni boshidan o‘tkazganini aytib, er-xotinni bunday tuhmatlarga ishonmaslikka chaqirgan. Jumladan, ularning Angliyaga safar qilishi va san’atdagi obro‘si oshib borayotgani sabab kimdir ataylab munosabatlariga rahna solishga urinayotgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Boshqa ustozlar ham noma’lum qo‘ng‘iroqlarga e’tibor bermaslikni maslahat berishgan.
Bir kuni noma’lum ayol aktrisaning uyiga ham qo‘ng‘iroq qilgan. Bu safar go‘shakni Saida Rametovaning o‘zi ko‘targan. Ayol yana tahdid qilganida, aktrisa undan ismi va familiyasini aytishni, ayblovlarini isbotlashni talab qilgan. Suhbat davomida esa kinoyali javob qaytarganini eslaydi:
«Men beshta erkak bilan yuraman, qaysi biri sening eringligini bilmayman. Kel, isbotla», — degan u.
Shundan so‘ng noma’lum ayoldan boshqa qo‘ng‘iroq bo‘lmagan. Jumadulla ham bu gaplar tuhmat ekanini, kimdir ataylab oilasini buzishga harakat qilganini anglagan.
Aktrisaning taxminicha, o‘sha vaqtda oilasida muammosi bo‘lgan san’atkorlarning xorijga chiqishiga ham to‘sqinlik qilinishi mumkin edi. Shu sababli ularning Angliyaga safar qilishini bilgan kimdir ataylab shunday yo‘l bilan zarar yetkazmoqchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…