Yulduz Usmonova: "Meros qoldirmang!" (video)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova meros va farzand tarbiyasi mavzusida o‘ziga xos fikrlarini bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Xonandaning ta’kidlashicha, inson farzandlariga moddiy boylikdan ko‘ra, to‘g‘ri tarbiya va mehnat qilish ko‘nikmasini meros qoldirishi muhim.
"Mendan keyin meros sifatida tarbiya qolishi kerak. Men birorta merosxo‘rning boy bo‘lib qolganini ko‘rmaganman. Aksincha, merosni tezda sovurib, oxir-oqibat hammasidan ayrilganlarini ko‘p ko‘rganman. Shuning uchun meros qoldirmanglar", — dedi Yulduz Usmonova.
San’atkorning fikricha, tayyor uy yoki mol-mulkni berishning o‘zi yetarli emas. Farzand o‘sha boylikni saqlash va uning xarajatlarini qoplay olishni ham bilishi kerak.
"Uy qoldirsangiz, uning elektri, suvi, gazi, soliqlari va boshqa xarajatlari bor. Bularni to‘lash uchun pul topishni o‘rgatish kerak. Qo‘liga hunar berish kerak. O‘zi mehnat qilib topa olmasa, bunday uyni ham ushlab tura olmaydi. Meni ham hech kim tayyor boylik bilan ta’minlamagan. Yotaversang, tog‘ ham yemiriladi", — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Yulduz Usmonovaning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar uning mehnat, mustaqillik va tarbiyani boylikdan ustun qo‘ygan qarashlarini qo‘llab-quvvatlagan.






























Izohlar 0
…