Yulduz Usmonova saraton bilan kurashayotgan bolalar holidan xabar oldi (video)

O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o'z jamoasi bilan birgalikda saraton kasalligiga chalingan bolalar holidan xabar oldi. Xonanda kasallik bilan kurashayotgan bolalar huzuriga syurpriz qilib kirib borib, ular bilan samimiy suh
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning saraton kasalligiga chalingan bolalarni yo‘qlagani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
Videolarda xonanda o‘z jamoasi bilan kasallik bilan kurashayotgan bolalar huzuriga syurpriz qilib kirib borib, ularning holidan xabar olgani aks etgan. Yulduz Usmonova bolalar bilan samimiy suhbatlashib, ular bilan birga qo‘shiq kuylagan va sovg‘alar ulashgan.
Xonanda bolalarni tushkunlikka tushmaslikka, noumid bo‘lmasdan, Allohdan shifo so‘rashga chaqirgan. Shuningdek, u ularga bu og‘ir kasallikni albatta yengib o‘tishlariga ishonish kerakligini aytgan.
Ta’sirli kadrlarda Yulduz Usmonovaning bolalarning qo‘llari va peshonasidan o‘pib, ularga mehr va dalda bergani ham ko‘rinadi.
Xonandaning bolalar holidan xabar olib, ularga quvonch ulashgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘pchilik uning bu ezgu tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, samimiy fikrlarini qoldirgan.






























Izohlar 0
…