Muxlis bergan gul sabab sahnada kutilmagan qiziq holat yuz berdi

Muxlis bergan gul sabab sahnada kutilmagan qiziq holat yuz berdi

Konsert davomida xonandalar Jahongir Poziljonov va Ulug‘bek Yo‘lchiyev o‘rtasida kutilmagan va biroz kulgili holat yuz berdi.

Jahongir Poziljonov qo‘shiq ijro etayotgan paytda muxlislardan biri sahnaga gul uzatdi. Shu payt Ulug‘bek Yo‘lchiyev ushbu gulni olib, hurmat yuzasidan uni Poziljonovga uzatdi. Biroq Poziljonov imo-ishora bilan “gul senga berilgan” degandek qilib, uni olishdan bosh tortdi.

Ulug‘bek Yo‘lchiyev esa aksincha, “yo‘q, sizga berishdi” deya gulni yana unga uzatdi. Poziljonov yana rad etib, gulni qaytargach, Yo‘lchiyev gul bergan muxlisga qarab, “kimga berdingiz?” degandek ishora qildi.

Shunda muxlis Jahongir Poziljonovni ko‘rsatdi. Shundan keyin Poziljonov “mengami?” degandek o‘zini ko‘rsatib aniqlik kiritdi va muxlis tasdiqlagach, gulni qabul qildi.

Mazkur video Ulug‘bek Yo‘lchiyevning Instagram sahifasiga joylandi. U post ostiga “Gulni kimga berishdi?” deb yozib qoldirdi.

Izohlarda esa kuzatuvchilar ushbu vaziyatni iliq kutib olib, konsert juda zo‘r o‘tganini ta’kidlashdi. Ko‘pchilik Ulug‘bek Yo‘lchiyevning ustoziga hurmat ko‘rsatib, gulni avval unga uzatganini ijobiy baholadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar