Yorqinxoʻja Umarov sog'lig'idagi muammo sabab Istanbulda davolanmoqda

Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov sog‘lig‘idagi muammolar sabab Turkiyaning Istanbul shahrida davolanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aks etgan.
Videolarga ko‘ra, san’atkor Turkiyadagi shifoxonalardan birida shifokorlar nazorati ostida muolaja olmoqda. Shuningdek, uning yaqinlari va do‘stlari xonandani yo‘qlab, hol-ahvol so‘rab turgani aks etgan lavhalar ham keng muhokama qilinmoqda.
Muxlislar esa ijtimoiy tarmoqlarda Yorqinxo‘ja Umarovga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, samimiy tilaklar bildirmoqda. San’atkorning yaqinlari ham uning sog‘lig‘i barqarorlashishini umid qilayotganini ta’kidlashmoqda.
Ayni paytda xonandaning davolanish jarayoni davom etmoqda. Uning tez orada sahnaga qaytishi muxlislar tomonidan katta umid bilan kutilmoqda.
