Amirxon Umarov oila qurdi: to‘yidan videolar tarqaldi (video)

Amirxon Umarov oila qurdi: to‘yidan videolar tarqaldi (video)

“Makon” onlayn telekanali direktori va asoschisi, boshlovchi Amirxon Umarov oila qurayotgani haqida avvalroq xabar bergan edi. Kecha, 2 noyabr kuni uning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi. To‘y marosimidan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Amirxon Umarov Pokiza ismli qiz bilan turmush qurdi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan lavhalarda to‘y tantanasi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgani, marosimga o‘zgacha fayz bag‘ishlagani aks etgan.

Shuningdek, to‘yda san’at sohasi vakillari ishtirok etgani, taniqli xonandalar kuy-qo‘shiqlari bilan mehmonlarga xizmat qilgani tasvirlangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ko‘plab kuzatuvchilar Amirxon Umarov va uning turmush o‘rtog‘iga ezgu tilaklarini yo‘llab, yangi oilaga baxt-saodat tilamoqda.

Biz ham Amirxon Umarov va Pokizaga oilaviy xotirjamlik, baxt va mazmunli hayot tilab qolamiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar