Yorqinxo‘ja Umarov muxlislariga yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi (video)

Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov yangi “Asalim” nomli qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi. 7 oktyabr kuni taqdim etilgan tarona qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini qozonib, iliq va samimiy izohlarga sabab bo‘ldi.
Yangi qo‘shiq muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi. YouTube platformasida e’lon qilingan “Asalim” taronasi atigi ikki kun ichida 1 milliondan ortiq marta tomosha qilindi. Bu esa qo‘shiq tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg‘otganini ko‘rsatadi.
Xo‘sh, siz Yorqinxo‘ja Umarovning yangi taronasini tinglab, klipini tomosha qildingizmi? “Asalim” qo‘shig‘i sizda qanday taassurot qoldirdi?
Agar ushbu taronani 1 balldan 10 ballgacha baholash imkoniyati bo‘lsa, unga necha ball qo‘ygan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!






























Izohlar 0
…