date

Jenisbek Piyazov “Yonimda bo‘lgin” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi

Jenisbek Piyazov “Yonimda bo‘lgin” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, opera xonandasi Jenisbek Piyazov “Yonimda bo‘lgin” nomli yangi qo‘shig‘ini hamda unga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim qildi. Yangi asar sokin va romantik kayfiyatda ijro etilgan bo‘lib, oila, sadoqat va muhabbat kabi qadriyatlarni tarannum etadi.

Qo‘shiq orkestr jo‘rligida yangraydi. Mazkur kompozitsiyada bastakor Shuxrat Zokirov pianino ijrosi bilan ishtirok etgan. Asarda operaga xos unsurlar hamda zamonaviy estrada uslubi bir-biriga uyg‘unlashib, xonandaning akademik ovoz imkoniyatlarini yanada ravshan ko‘rsatadi.

Videoklip retro ruhda boshlanadi. Syujetda bir oilaning shakllanishi, hayot sinovlari, turli past-balandliklardan o‘tib, baxtli lahzalar sari intilishi tasvirlangan. Klipda yosh aktyorlar Aysenem Yusupova va Muhammad Ali Aliyev rollarni ijro etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jenisbek Piyazov “Yonimda bo‘lgin” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi