date

Ulug‘bek Rahmatullayev uzoq tanaffusdan so‘ng yangi qo‘shig‘ini premyera qildi

Ulug‘bek Rahmatullayev uzoq tanaffusdan so‘ng yangi qo‘shig‘ini premyera qildi

Taniqli xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev uzoq tanaffusdan keyin ijodiy faoliyatini yangi asar bilan davom ettirdi. U "Hayot" nomli qo‘shig‘ini va unga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim qildi.

San’atkor yangi taronasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar berib, muxlislarini navbatdagi ijod mahsuli bilan quvontirdi. Qo‘shiq mazmuni va ohangi bilan tinglovchilar qalbiga yaqin bo‘lishi aytilmoqda.

Videoklip ham qo‘shiq ruhiga mos tarzda ishlangan bo‘lib, ijodkorning yangi qiyofasini namoyon etadi. Uzoq vaqtdan beri yangi taronalar chiqarmagan xonandaning qaytishi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, yaqin kunlarda Ulug‘bek Rahmatullayev va Umidaxon ijrosidagi duet qo‘shiq ham premyera qilinishi kutilmoqda. Bu haqdagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muxlislar intiqlik bilan yangi ijod namunalarini kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Rahmatullayev uzoq tanaffusdan so‘ng yangi qo‘shig‘ini premyera qildi