Las-Vegasning yangi mo‘jizasi Shahloxonimni rom etdi

Aktrisa Shahloxonim ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muxlislarini sayohatdagi lavhalar bilan muntazam xursand qilib kelmoqda. Bu safar u Amerikaning Las-Vegas shahridagi mashhur Sphere majmuasini ko‘rib, hayratini yashirmadi.
Shahloxonim ushbu manzara ortidan o‘z sahifasida: “Sphere — Las-Vegasning yangi mo‘jizasini ko‘rdim. Ura. Kundan kun yangi atmosfera”, deya izoh qoldirdi. Aktrisaning kayfiyati va taassurotlaridan bu sayohat unda juda yorqin hissiyotlar uyg‘otganini anglash qiyin emas.
Ma’lumot uchun, Sphere — Las-Vegasdagi zamonaviy ko‘ngilochar maskan bo‘lib, u 2023 yil 29 sentyabrda ochilgan. Majmua immersive, ya’ni tomoshabinni to‘liq qamrab oluvchi shoulari bilan mashhur bo‘lib, 17 600 o‘rinli zalga ega, umumiy sig‘imi esa 20 ming kishigacha yetadi. Uning ichki qismi ulkan 16K wraparound LED ekran, tashqi qismi esa dasturlashtiriladigan gigant LED qoplamasi bilan ajralib turadi.

Aynan shu jihatlari sabab Sphere bugun Las-Vegasning eng ko‘p muhokama qilinayotgan ramzlaridan biriga aylangan. Shahloxonimning bu joydan olgan taassurotlari ham bejiz emas — bu maskan oddiy bino emas, balki texnologiya, shou va tomoshani birlashtirgan ulkan sahna deyish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!