Kitob tumanida 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 sertifikatini oldi

Kitob tumanida 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 sertifikatini oldi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tahsil olayotgan 8 yoshli maktab o‘quvchisi ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi CEFR imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, 11-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Yusupova Soliha Suxrobovna ingliz tilidan CEFR imtihonida 51 ball to‘plab, B2 darajasidagi sertifikatni qo‘lga kiritgan.

Yosh o‘quvchining bu natijasi tengdoshlari orasida ham katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Uning yutug‘i ota-onasi va ustozlari uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi.

Soliha kelgusida ham bilim olishda davom etib, yangi marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar