Ruxsora Otajonova rostdan ham Jahongir Otajonovning qizimi? (video)

Xonanda Ruxsora Otajonova «Bo‘lovradi» loyihasida mehmon bo‘lib, suhbat davomida kutilmagan bayonot berdi. Jurnalistlar uning familiyasi Otajonova ekaniga qiziqib, «Otajonovlar sulolasiga kim bo‘lasiz?» deya savol berishdi.
San’atkor esa bu savolga: «Endi to‘g‘risini aytay, Jahongir Otajonovning qiziman», deya javob qaytardi.
Suhbat davomida unga yana bir qiziq savol berildi. Jurnalistlar O‘zbekistondagi mashhur san’atkorlardan biri unga «pul tikaman» deganida rad javobini bergani haqida so‘rashdi. Xonanda esa bu san’atkor Ozodbek Nazarbekov ekanini aytdi.
Ruxsora Otajonovaning ushbu gaplari ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar uning Jahongir Otajonovning qizi ekaniga shubha bildirgan bo‘lsa, boshqalar bu gaplar hazil bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Yana bir guruh izohlarda xonandaning ovozini maqtab, ijrosiga ijobiy baho bergan.






























Izohlar 0
…