date

“Met Gala”dagi Isha Ambanining 24 million dollarlik obrazi diqqat markazida bo‘ldi

“Met Gala”dagi Isha Ambanining 24 million dollarlik obrazi diqqat markazida bo‘ldi

Osiyoning eng boy insonlaridan biri Mukesh Ambanining qizi Isha Ambani bu yilgi “Met Gala” tadbirida diqqat markazida bo‘ldi. Uning qimmatbaho obrazi va noyob taqinchoqlari kechaning eng muhokama qilingan chiqishlaridan biriga aylandi.

Ma’lum qilinishicha, Isha Ambani taqqan zeb-ziynat buyumlarining umumiy qiymati taxminan 24 million dollarni tashkil etgan.

Taqinchoqlarda 1800 karatdan ortiq olmos va nodir zumrad toshlardan foydalanilgani aytilmoqda. Shuningdek, u kiygan libos ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan.

Libos sof oltin iplar bilan to‘qilgan bo‘lib, uni tayyorlash uchun 1200 soatdan ortiq vaqt sarflangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu obrazda qo‘l mehnati va noyob dizaynerlik yechimlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Isha Ambanining chiqishi katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Met Gala”dagi Isha Ambanining 24 million dollarlik obrazi diqqat markazida bo‘ldi