"Qalpoq" hajviy ko‘rsatuvidagi Alfiya kampirga shoir choldan sovchi kelgani rostmi?

"Qalpoq"dagi Alfiya kampir obrazi shu qadar ishonarli chiqqanki, ayrim tomoshabinlar uning ortida yosh aktrisa turganini tasavvur ham qilmagan. Hatto Qashqadaryodan bir ijodkor otaxon Alfiya kampirga uylanish niyatida sovchi yuborgan. Bu haqda obrazni yaratgan aktrisa Barno Teshaboyeva so‘zlab berdi.
Aktrisaning aytishicha, voqea Alfiya kampir ekranda mashhur bo‘lganidan taxminan bir yil o‘tib sodir bo‘lgan.
"Qashqadaryodan bitta choldan sovchi kelgan. U ham ijodkor, yozuvchi, shoir chol bo‘lgan. Televideniyega kelib, menga she’rlar yozgan, menga uylanmoqchi ham bo‘lgan", — deya hikoya qilgan aktrisa.
Barno Teshaboyevaning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha otaxon Alfiya kampir rolini yosh aktrisa ijro etayotganiga ishonmagan. U ekranda haqiqiy keksa ayolni ko‘ryapman, deb o‘ylagan. Bunga obrazning o‘ziga xosligi ham sabab bo‘lgan. Aktrisaning aytishicha, ssenariylarda Alfiya kampirni koyishish va haqoratlash kabi vaziyatlarga qo‘yish orqali kulgili sahnalar yaratilgan.
Qiziq voqea shundaki, Alfiya kampirga uylanish niyatida bo‘lgan otaxon aktrisaga kitoblar olib kelib, sovg‘a qilgan.
Barno Teshaboyeva avvalgi intervyularida ham "Alfiya kampir" obrazi sabab unga ikki marta sovchi kelgani haqida aytgan. Qashqadaryolik otaxonlardan biri hatto ko‘rsatuv tahririyatiga xat yozib, Alfiyaga uylanish niyatini bildirgan.































Izohlar 0
…