Billi Aylish va Net Vulff munosabatlariga oydinlik kiritdi

Xonanda Billi Aylish va aktyor Net Vulff atrofidagi uzoq vaqtli mish-mishlarga nihoyat oydinlik kiritdi. 6 may kuni Los-Anjelesda Billi Aylishning 3D formatdagi konsert filmi premerasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirga ular juftlik sifatida birga tashrif buyurgani omma e’tiborini tortdi. Muxlislar va ommaviy axborot vositalari bu chiqishni ularning ilk rasmiy debyuti sifatida baholamoqda.
Billi Aylish va Net Vulff haqidagi dastlabki mish-mishlar 2025 yil mart oyida tarqalgan edi. Ma’lum qilinishicha, Net Vulff xonandaning “Chihiro” klipida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, ular fevral oyida bo‘lib o‘tgan “Gremmi” taqdirlash marosimida ham birga ko‘rinish bergandi. Biroq aynan konsert filmi premerasi ularning munosabatlarini rasmiy tarzda namoyon qilgan ilk tadbir sifatida muhokama qilinmoqda.
Qayd etilishicha, Billi Aylishning konsert filmi 8 maydan boshlab jahon bo‘ylab ekranlarga chiqadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!