Shok xabar: Sevinch Ismoilova qozog‘istonlik xonanda Alisher Bayniyazovga turmushga chiqyaptimi? (video)

Shok xabar: Sevinch Ismoilova qozog‘istonlik xonanda Alisher Bayniyazovga turmushga chiqyaptimi? (video)

Shirin ovozi bilan muxlislar mehrini qozongan xonanda Sevinch Ismoilova ijtimoiy tarmoqlardagi yangi surat va videolari bilan kuzatuvchilar e’tiborini tortdi. Ayniqsa, uning “Baxt jimlikni yaxshi ko‘radi” degan izohi turli taxminlarga sabab bo‘ldi.

Xonandaning oq libosda tushgan surati muxlislar orasida qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ayrim kuzatuvchilar bu tasvirlarni uning shaxsiy hayotidagi muhim yangilik bilan bog‘layotgan bo‘lsa, boshqalar Sevinch Ismoilova turmush qurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Muhokamalarda qozog‘istonlik mashhur xonanda Alisher Bayniyazovning ham nomi tilga olinmoqda. So‘nggi paytlarda ikki san’atkorning ijtimoiy tarmoqlarda birgalikda ko‘rinayotgani ularning munosabatlariga nisbatan qiziqishni yanada oshirgan.

Shu bois muxlislar orasida Sevinch Ismoilova va Alisher Bayniyazov oila qurmoqchimi, degan savol paydo bo‘lgan.Biroq hozircha xonandaning o‘zi bu taxminlarga aniqlik kiritmagan va turmush qurishi haqida rasman ma’lumot bermagan.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda. Sevinch Ismoilovaning navbatdagi izohi yoki rasmiy bayonoti esa bu savollarga oydinlik kiritishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar