Zebo Rahimova Barselonadagi taassurotlarini muxlislar bilan bo‘lishdi (video)

Aktrisa Zebo Rahimova Ispaniyaga sayohat qilganini Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. U ayni paytda Ispaniyaning mashhur Barselona shahrida ekanini bildirib, shaharning o‘ziga xos go‘zalligi haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Aktrisa Barselonani nihoyatda chiroyli va betakror shahar sifatida ta’riflab, Ispaniyaga kelgan har bir sayyoh albatta ushbu shaharga tashrif buyurishi kerakligini ta’kidladi.
Zebo Rahimova videoda Barselonaning hashamatli va o‘ziga xos me’morchilik uslubiga ega binolari, shinam uylari hamda ko‘chalarini namoyish etdi. U shaharning ko‘rinishini ertaklardagi manzaralarga qiyoslab, Barselona boshqa shaharlarga o‘xshamasligini aytdi.
Aktrisa, ayniqsa, shaharni yuqoridan kuzatganda uning o‘ziga xos tuzilishi yaqqol ko‘zga tashlanishini ta’kidladi. Ko‘plab binolarning to‘rtburchak shaklda tartibli joylashgani Barselonaning o‘ziga xos qiyofasini yaratadi.
Zebo Rahimovaning sayohat haqidagi videosi kuzatuvchilar e’tiboridan ham chetda qolmadi. Izohlarda ko‘pchilik Barselonani sayohat qilish uchun ajoyib maskan ekanini yozib, ushbu go‘zal shaharga borish ularga ham nasib etishini tilagan.





























Izohlar 0
…