Zebo Rahimova Islandiyadagi ertaknamo uycha bilan yana barchani hayratda qoldirdi (video)

Bloger Zebo Rahimova dunyo bo‘ylab sayohatlari bilan muxlislarini hayratda qoldirishda davom etmoqda. Bu safar u Islandiyadagi ko‘pchilikka suratlar orqali tanish bo‘lgan, ertaklardan chiqqandek ko‘rinadigan uychani ko‘rsatdi.
Zebo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ushbu maskandan video joylab, o‘z hayratini yashirmadi.
"Man bu rasm yasalgan deb o‘ylardim. Hayotda shu uycha bor ekan, Islandiya!" — deya izoh qoldirdi bloger.
Videoni tomosha qilgan kuzatuvchilar ham hayratlarini izohlarda bildirishmoqda. Ular dunyoda shunchalik ertaknamo va go‘zal manzillar borligidan hayratlanib, blogerning sayohatlariga havas qilishmoqda.
Zebo Rahimova esa dunyoning turli go‘zal maskanlarini kashf etib, taassurotlarini muxlislari bilan bo‘lishishda davom etmoqda.































Izohlar 0
…