Vohidjon Isoqov tojikistonlik qizaloqni ko‘rgani bordi: unga xo‘roz sovg‘a qildi (video)

Vohidjon Isoqov tojikistonlik qizaloqni ko‘rgani bordi: unga xo‘roz sovg‘a qildi (video)

Xonanda Vohidjon Isoqov Tojikistondan Toshkentga kelgan va ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan Vaslida ismli qizaloqni shaxsan ko‘rgani bordi.

Uchrashuv davomida san’atkor qizaloq bilan suhbatlashib, uning istaklari bilan qiziqdi. Vaslidaning “Duk-duk” qo‘shig‘ini ijro etgani aks etgan video xonandaning e’tiborini tortgan. Xonanda Vaslidaning ijro etgan qo‘shig‘i aks etgan videoga layk bosganini ma’lum qilib, qizaloqdan nimani xohlashini so‘raganida, Vaslida xo‘roz istashini aytgan.

Vohidjon Isoqov esa qizaloqqa yaxshi xo‘roz sovg‘a qilishga va’da bergan. Keyingi videoda xonanda va’dasining ustidan chiqib, Vaslidaga xo‘roz olib kelgani aks etgan. San’atkorning aytishicha, sovg‘a qilingan xo‘roz o‘rgatilgan bo‘lib, qochib ketmas ekan.

Ikki kishi ochiq havoda xo‘roz ushlab turgan bolaga qarab jilmaymoqda.

Xonandaning qizaloq istagini inobatga olib, unga kutilmagan sovg‘a qilgani kuzatuvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar Vohidjon Isoqovning mehribonligi va e’tiborini olqishlab, samimiy fikrlar qoldirishgan.

Tarqalgan video ostida ham xonandaga minnatdorlik bildirilgan: “Mana buni haqiqiy odamiylik deydilar! Xonanda Vohidjon Isoqovga samimiy va cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mehribonligingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun tashakkur!”

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ham Tojikistonga borib, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan Vaslidani ko‘rgani haqida xabar bergan edik. Xonanda qizaloqning xonadonida mehmon bo‘lib, u bilan birga ko‘pchilikka tanish “Bari gal” qo‘shig‘ini ijro etgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar