date

Ravshan Sobirov va Setora guruhi a’zosi Kamilla “Baxtli bo‘l” nomli yangi duet taqdim etdi

Ravshan Sobirov va Setora guruhi a’zosi Kamilla “Baxtli bo‘l” nomli yangi duet taqdim etdi

Xonandalar Ravshan Sobirov hamda “Setora” guruhi a’zosi Kamilla “Baxtli bo‘l” nomli yangi duetni muxlislarga taqdim etdi. Taronaning premyerasi ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olinmoqda.

Qo‘shiq matni Timur Ibragimovich tomonidan yozilgan, musiqasini esa Jasur Badalbayev bastalagan. Xonandalar Instagram sahifalarida ushbu ijod mahsuli farzandlari va barcha yosh avlodga bag‘ishlanganini ta’kidladi.

San’atkorlarning qayd etishicha, ular bir vaqtlar o‘zlari uchun katta hayot boshlanishini orzu qilgan va “Xayr maktabim” qo‘shig‘i o‘sha orzular ramziga aylangan. Endi esa ular farzandlari uchun baxtli, yorug‘ va katta kelajakni tilamoqda.

“Baxtli bo‘l” qo‘shig‘ini barcha musiqiy platformalarda tinglash mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ravshan Sobirov va Setora guruhi a’zosi Kamilla “Baxtli bo‘l” nomli yangi duet taqdim etdi