date

Xonanda Tohir Sodiqov "Mehnat shuhrati" ordeni sohibiga aylandi

Xonanda Tohir Sodiqov "Mehnat shuhrati" ordeni sohibiga aylandi

O‘zbekiston xalqining sevimli san’atkorlaridan biri Tohir Sodiqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak e’tirof san’atkorning ko‘p yillik ijodiy faoliyati va milliy san’at rivojiga qo‘shgan hissasining munosib bahosi sifatida qaralmoqda.

Mukofot haqida so‘z yuritgan Tohir Sodiqov san’atkorlarni rag‘batlantirish ularga yangi kuch va ilhom bag‘ishlashini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday e’tibor ijodkorlarni yanada katta marralar sari undaydi.

“San’atkorlarni shunaqa rag‘batlantirish san’atkorga qanot bag‘ishlaydi, ovoziga ovoz qo‘shiladi, ijodiga ijod qo‘shiladi. Kamtarona ijodimizni yuksak baholashgani uchun muhtaram Prezidentimizga kattakon rahmat”, — dedi xonanda.

Tohir Sodiqov 37 yildan buyon ijod bilan shug‘ullanib kelayotganini eslab o‘tdi. San’atkorning aytishicha, u va jamoasi ijodiy faoliyatni davom ettiradi hamda muxlislarini yangi loyihalar bilan xursand qilishda davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Tohir Sodiqov "Mehnat shuhrati" ordeni sohibiga aylandi