«Men quralay ko‘zni yaxshi taniyman»: Prezident G‘aybulla Tursunov bilan hazillashdi (video)

26 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda taniqli xonanda G‘aybulla Tursunov yuksak davlat mukofoti — «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev san’atkorning ko‘p yillik samarali ijodi, milliy madaniyatni rivojlantirish hamda o‘zbek san’atini xalqaro maydonda keng targ‘ib etishga qo‘shayotgan munosib hissasini yuqori baholadi.
Davlat rahbari «Do‘stlik» ordenini G‘aybulla Tursunovga shaxsan topshirdi. Mukofotni topshirish jarayonida Prezident xonanda bilan hazillashib, «Men quralay ko‘zni yaxshi taniyman», deya iliq munosabat bildirdi.
G‘aybulla Tursunov ushbu quvonchli voqeadan so‘ng ijtimoiy tarmoqda o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
«Meni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan oilam, yaqinlarim, ijodiy jamoam va aziz muxlislarim — sizlarning mehringiz men uchun juda qadrli. Bildirilgan har bir tabrik va ezgu tilak uchun chin qalbimdan rahmat!» — deb yozdi xonanda.
Kuzatuvchilar ham san’atkorni «Do‘stlik» ordeni bilan tabriklab, unga ijodiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilashmoqda.






























Izohlar 0
…