Sevinch Ismoilova “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Xonanda Sevinch Ismoilova davlat tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. U bu mukofotni katta faxr va mas’uliyat bilan qabul qilganini hamda uni ijodiy faoliyatiga berilgan yuksak baho deb atadi. San’atkor bu rag‘bat unga katta motivatsiya bo‘lganini ta'kidlab, xalqiga yangi qo‘shiqlar va kliplar taqdim etishini bildirdi. Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda xonandani samimiy tabriklab, unga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilashdi.
Xonanda Sevinch Ismoilova o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislariga quvonchli yangilik ulashdi. U davlat tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini ma’lum qildi.
San’atkorning video posti ostida u ushbu mukofotni katta faxr va mas’uliyat bilan qabul qilganini yozib qoldirgan. Uning ta’kidlashicha, bu e’tirof nafaqat shaxsiy yutuq, balki ijodiy faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.
“Bu mukofot biz uchun juda katta motivatsiya bo‘ldi. Bunday e’tibor va e’tirofdan juda xursandmiz. Endi ushbu rag‘bat bilan xalqimizga yangi qo‘shiqlar va yangi kliplar taqdim etamiz, inshaalloh. Bu yutuq barchamizniki!” — deya aytgan xonanda.
Izohlarda muxlislar san’atkorni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, unga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilashmoqda. Uning ushbu e’tirofi ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olingan.































Izohlar 0
…