Sevinch Ismoilova va Alisher Bayniyazovdan yangi duet: “Million” muxlislar e’tiborida (video)

Sevinch Ismoilova va Alisher Bayniyazovdan yangi duet: “Million” muxlislar e’tiborida (video)

Xonandalar Sevinch Ismoilova va Alisher Bayniyazov muxlislariga yangi duetini taqdim etdi. “Million” deb nomlangan qo‘shiq bugun, 30 oktyabr kuni YouTube platformasida premyera qilindi.

Yangi tarona e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay tinglovchilar e’tiborini tortdi. Ayniqsa, ikki xonandaning ijodiy hamkorligi muxlislar orasida qiziqish uyg‘otdi. Qo‘shiq ostidagi izohlarda iliq fikrlar va san’atkorlarga bildirilgan tilaklarni ko‘rish mumkin.

Premyeradan atigi ikki soat o‘tib, videoklip 40 mingga yaqin marta tomosha qilindi. Muxlislar yangi duetga baho berib, xonandalarga ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.

Siz “Million” duetini tinglab ko‘rdingizmi? Qo‘shiqni 10 ballik tizimda baholasangiz, unga necha ball bergan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar