Zebo Rahimova: “Aslida ismim Munisa bo‘lishi kerak edi” (video)

1 daqiqa o'qish1.9K
Zebo Rahimova: “Aslida ismim Munisa bo‘lishi kerak edi” (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aktrisa va bloger Zebo Rahimova "Intervyu TV" loyihasiga bergan intervyusida asl ismi Zebiniso bo‘lsa-da, unga Munisa ismini qo‘yish rejalashtirilgani haqida so‘zlab berdi.
  • Unga ko‘ra, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olib kelish uchun borgan bobosi hayajon sababli ismni esidan chiqarib yuborgan va ZAGS xodimining maslahati bilan hujjatlarga uning ismi Zebiniso deb yozib yuborilgan.

Aktrisa va bloger Zebo Rahimova "Intervyu TV" loyihasiga bergan intervyusida o‘z ismiga oid ko‘pchilik bilmagan qiziqarli voqeani so‘zlab berdi. Uning aytishicha, asl ismi Zebiniso bo‘lsa-da, aslida unga Munisa ismini qo‘yish rejalashtirilgan ekan.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u uzoq kutilgan farzand bo‘lmagan. Ota-onasi turmush qurganidan ko‘p o‘tmay onasi homilador bo‘lgan va u dunyoga kelgan. Onasi qiziga Munisa deb ism qo‘yishni niyat qilgan.

Biroq tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun ZAGSga borgan bobosi qanday ism qo‘yish rejalashtirilganini hayajon sabab esidan chiqarib yuborgan.

"ZAGSdagi xodima bobomdan: 'Onangizni ismi nima?' deb so‘ragan. Bobom 'Zebiniso deb javob bergan. Shunda xodima: 'Unda Zebiniso deb qo‘ya qoling. Chiroyli ism ekan. Uyda xohlagancha chaqiraverasizlar', degan. Shundan keyin ismim hujjatlarda Zebiniso bo‘lib qolgan," — deydi aktrisa.

Zebo Rahimovaning aytishicha, onasi bu voqeadan xabar topgach, ancha ranjigan.

"Oyim meni Munisa deb atamoqchi bo‘lgan. O‘sha paytlarda Munisa, Zilola kabi ismlar urf edi. Tug‘ruqxonada hatto yig‘lab, 'Shunaqayam eski ism qo‘yadimi?' deb xafa bo‘lganlar. 'Mohira va Munisa bir-biriga juda mos tushadi', deb niyat qilgan ekanlar. Hatto ikki haftacha arazlab ham yurganlar," — deya kulib esladi u.

Shu bilan birga, aktrisa bugun Zebiniso ismini juda yaxshi ko‘rishini ham ta’kidladi. Uning aytishicha, bu ismning ma’nosi ham juda chiroyli va yillar o‘tishi bilan u o‘z ismiga mehr qo‘ygan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?