Shahlo Salayeva va Veysel Dulger Navoiyda unutilmas konsert taqdim etdi (video)

Shahlo Salayeva va Veysel Dulger Navoiyda unutilmas konsert taqdim etdi (video)

Xorazmlik xonanda Shahlo Salayeva va turkiyalik san’atkor Veysel Dulger kecha Navoiy shahrida muxlislari uchun unutilmas konsert dasturini taqdim etdi.

Konsert davomida duet tomoshabinlar sevib tinglaydigan mashhur qo‘shiqlarini jonli ijro etib, zalga yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Videolardan ko‘rinishicha, tomoshabinlar san’atkorlarni iliq kutib olib, qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lishdi va ularni olqishlarga ko‘mishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalar ostidagi izohlarda ham muxlislar konsert yuqori saviyada o‘tganini, Shahlo Salayeva va Veysel Dulgerning sahnadagi uyg‘un chiqishi ularga katta taassurot qoldirganini yozishmoqda.

Konsert yakunida xonandalar Navoiydagi uchrashuv a’lo darajada o‘tganini ta’kidlab, muxlislarga samimiy minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek, ular navbatdagi konsert dasturi 2 iyul kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilib, bu gal ham muxlislarini unutilmas musiqiy oqshom kutayotganini aytishdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar