Urgutdagi to‘yda pul talashuvi: Xurshid Rasulov izoh berdi

Urgutdagi to‘yda pul talashuvi: Xurshid Rasulov izoh berdi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida bo‘lib o‘tgan to‘ylardan birida yuz bergan holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videolarda xonanda Xurshid Rasulov xizmat qilayotgan paytda uning ustidan pul sochilgani, yerga tushgan pullarni esa bolalar terib olayotgani aks etgan.

Kadrlarda pullarni yig‘ishga uringan bolalar ayrim shaxslar tomonidan qo‘pol tarzda chetga surilgani ham ko‘rinadi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda turli e’tiroz va bahslarni keltirib chiqardi. Ko‘plab foydalanuvchilar bolalarga nisbatan bunday munosabatni tanqid qildi.

Vaziyat yuzasidan xonanda Xurshid Rasulov ham munosabat bildirib, videoda bolalarni turtkilagan yoki chetga olgan shaxslar uning jamoasi a’zolari emasligini ta’kidladi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shaxslar to‘y egalari tomonidan jalb qilingan bo‘lib, ular tadbir davomida tartibni saqlash bilan shug‘ullangan. Shu sababli sodir bo‘lgan holatni uning ijodiy jamoasi faoliyati bilan bog‘lash noto‘g‘ri ekanini qayd etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar