Sabina Sodiqova Barno Qodirovaning qizimi? Aktrisa bu savolga nuqta qo‘ydi!

Aktrisa Sabina Sodiqova ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p berilayotgan savolga javob berdi. Foydalanuvchilar undan Barno Qodirovaning qizimi, deb so‘rayotganini aytgan aktrisa bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.
"Oxiri bu haqda video qilmasam bo‘lmadi. Keling, bu savolga nuqta qo‘yamiz. Qayerga bormay, “Barno Qodirovaning qizimisiz?” deb so‘rashyapti. Bu savolni bir kishi emas, ko‘pchilik beryapti", dedi u.
Sabina Sodiqovaning aytishicha, u bu gap qayerdan tarqalganiga qiziqqan. Savol berganlar esa ma’lumotni Youtube'dan ko‘rganini aytgan. Aktrisa shaxsan o‘zi ham qidirib ko‘rgan, ammo bunday xabarni topmagan.
"Men Barno Qodirovaning qizi emasman. Hatto qarindoshchilik aloqamiz ham yo‘q", dedi Sabina Sodiqova.
Shu bilan birga, u Barno Qodirovani hurmat qilishini, uni yaxshi ko‘rishini va hayotda juda quvnoq, yaxshi inson ekanini ta’kidladi.































Izohlar 0
…