“Kechir” filmida Rayhon G‘aniyevani do‘pposlagani uchun qattiq tanqidga uchragan aktyor kim?

Aktyor Kafen G‘ofurjonov "Kechir" filmidagi roli ortidan yuzaga kelgan muhokamalar haqida so‘zlab berdi. U filmda Rayhon G‘aniyeva ijro etgan qahramonga qo‘l ko‘targani uchun tomoshabinlar tomonidan qattiq tanqid qilingan.
Suhbat davomida aktyor bu sahnadan keyin hatto unga qarshi boykotga o‘xshash munosabat paydo bo‘lganini aytdi. U tomoshabinlar ekrandagi qahramon bilan aktyorning o‘zini birdek qabul qilganini ta’kidladi.
"Bu darajada ta’sir bo‘lishini kutmagan edim. Odamlar juda ta’sirlanishdi. Chorsu bozoriga borganimda, sotuvchi ayollar meni ko‘rib, o‘zaro gaplashib, g‘iybat qilishgan", dedi u.
Aktyorning ma’lum qilishicha, filmda eshitilgan ovoz uning o‘z ovozi bo‘lmagan. Keyinchalik ayrimlar uning o‘yinini yaxshi baholagan, ammo dublyajdagi ovoz obraziga mos kelmaganini aytgan.
Kafen G‘ofurjonov shunga qaramay, qahramonga ovoz bergan aktyorning mehnatini qadrlashini bildirdi va unga minnatdorlik aytdi.































Izohlar 0
…