Munisa Rizayevani muxlisining sovg‘asi hayratda qoldirdi (video)

Namangan viloyatidagi bog‘da tashkil etilgan konsert chog‘ida Munisa Rizayevani kutilmagan sovg‘a hayratda qoldirdi. Tadbir davomida tomoshabinlar orasida turgan bir erkak san’atkorning chizilgan katta portretini baland ko‘tarib turdi.
Sahnada chiqish qilayotgan Munisa Rizayeva ushbu suratni ko‘rib, muxlisiga murojaat qildi.
— "Akajon, buni siz men uchun o‘zingiz qo‘lda chizdingizmi?" — deya so‘radi xonanda.
Muxlis bunga "Ha" degandek ishora qilganidan so‘ng, san’atkor samimiy tabassum bilan:
— "Voy, rahmat kattakon! Keyin oldingizga tushaman, xopmi? Kelishdikmi?" — deya minnatdorligini bildirdi.
Xonandaning bu kutilmagan sovg‘adan quvongani yuz ifodalaridan ham yaqqol sezilib turdi. Mazkur lahza konsertga tashrif buyurgan tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda ham qisqa fursatda keng tarqaldi. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar muxlis tomonidan chizilgan portretni yuqori baholab, uning juda mahorat bilan ishlangani va Munisa Rizayevaga nihoyatda o‘xshatib chizilganini ta’kidlashdi.
Boshqa kuzatuvchilar esa xonandaning samimiyligi, kamtarligi va muxlislariga bo‘lgan iliq munosabatini alohida e’tirof etib, aynan shu fazilatlari sabab uni yanada ko‘proq hurmat qilishlari va yaxshi ko‘rishlarini izohlarda yozib qoldirishdi.






























Izohlar 0
…