Aziz Rametov "Aziz qamalibdi" degan mish-mishlarga javob berdi (video)

Aziz Rametov "Aziz  qamalibdi" degan mish-mishlarga javob berdi (video)
Qisqacha

Aktyor Aziz Rametov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uning qamoqqa tushgani haqidagi asossiz mish-mishlarga video orqali munosabat bildirdi. U ba'zi foydalanuvchilar davolanish jarayonini noto'g'ri tushunib, qamalib qolgani haqida izoh yozganini ma'lum qildi. Shuningdek, aktyor qamoqxonada maxsus forma bo'lishi va video qo'ng'iroqda gaplashtirib qo'yilmasligini eslatib o'tdi.

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova hamda aktyor va rejissyor Jumadulla Rametovning o‘g‘li, aktyor Aziz Rametov Instagram sahifasi orqali e’tiborni tortgan videoni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, aktyor ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim noto‘g‘ri taxmin va izohlarga javob sifatida joylagan. Ayrim foydalanuvchilar, hatto aktyor qamoqqa tushgani haqida asossiz fikrlar bildirgan.

Aziz Rametov esa video ostida quyidagi izohni qoldirdi:

"Videoni nega unaqa qo‘yding demanglar, iltimos. Ba’zilar 'Aziz qamalib qolibdi', deb komment yozishibdi. 'Lecheniye'da degan gapni tushunmay. Adashmasam, qamoqxonaning maxsus formasi bo‘ladi-ku. Yana video qo‘ng‘iroqda ham gaplashtirib qo‘yishmaydi."

Aktyorning ushbu izohidan so‘ng muxlislari uni qo‘llab-quvvatlab, sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishini tilashdi. Izohlarda, shuningdek, uning otasi Jumadulla Rametovga ham Allohdan shifo so‘rab, samimiy tilaklar bildirildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar