Saida Rametova va Jumadulla Rametovning turmush qurganiga 45 yil to‘ldi (video)

Saida Rametova va Jumadulla Rametovning turmush qurganiga 45 yil to‘ldi (video)

Taniqli aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova turmush o‘rtog‘i, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Jumadulla Rametov bilan oila qurganiga 45 yil to‘lganini ma’lum qildi.

Aktrisa Instagram sahifasida ushbu sana munosabati bilan turmush o‘rtog‘i bilan birga o‘tkazgan yillari, unutilmas lahzalari va shirin xotiralarini aks ettirgan videoni e’lon qildi. Unda juftlikning turli davrlarda tushgan suratlari jamlangan.

Saida Rametova video ostida quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:

“Bugun to‘yimiz bo‘lgan kun! 45 yil! To‘g‘ri, vaqt o‘tishi bilan juda ko‘p narsalar o‘zgaradi, ammo xotiralar qoladi, bizniki bo‘lgan eng qadrlilari... Xotira ajib narsa”.

San’atkorning ushbu samimiy posti muxlislar e’tiborini tortdi. Izohlarda Saida Rametova va Jumadulla Rametovga ko‘plab iliq tilaklar bildirilmoqda. Kuzatuvchilar juftlikni qutlab, ularga uzoq umr, oilaviy baxt va yana ko‘plab shunday quvonchli kunlarni birgalikda nishonlash nasib etishini tilamoqda.

Ma’lumot uchun, Saida Rametova 1957 yil 21 sentyabrda Samarqand shahrida tavallud topgan. Uning turmush o‘rtog‘i, aktyor Jumadulla Rametov esa 1955 yil 24 noyabrda dunyoga kelgan. Juftlik 1981 yilda oila qurgan va mana, 45 yildan buyon hayot yo‘lini birga bosib o‘tmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar