"Yura davri bog‘i" yulduzi Sem Nill 78 yoshida vafot etdi

1 daqiqa o'qish160
"Yura davri bog‘i" yulduzi Sem Nill 78 yoshida vafot etdi

"Yura davri bog‘i" filmlari orqali dunyo miqyosida shuhrat qozongan Yangi Zelandiyalik aktyor Sem Nill 78 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida oila a’zolari ma’lum qilib, aktyorning olamdan o‘tganini tasdiqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Sidney shahrida kutilmaganda vafot etgan.

Sem Nill qariyb ellik yildan ortiq davom etgan ijodiy faoliyati davomida kino ixlosmandlariga unutilmas obrazlarni taqdim etdi. U, ayniqsa, "Yura davri bog‘i" filmidagi doktor Alan Grant roli bilan millionlab muxlislarning mehrini qozongan edi.

Aktyor, shuningdek, "O‘lik sukunat", "Qizil oktabr ortidan ov", "Pianino", "Yura davri bog‘i", "Ufq ortida" va "Yura davri bog‘i III" kabi ko‘plab mashhur kartinalarda rol ijro etgan. Uning iste’dodi va serqirra ijrosi kino olamida alohida e’tirof etilgan.

Sem Nillning vafoti munosabati bilan kino sanoati vakillari, hamkasblari va muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda chuqur hamdardlik bildirib, uning san’atdagi boy merosi uzoq yillar davomida yodda qolishini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?