816 million dollarlik kokain: Avstraliyada rekord musodara amalga oshirildi

Avstraliya Federal politsiyasi Sidney shahri yaqinidagi Londerderri hududida mamlakat tarixidagi eng yirik kokain partiyasini musodara qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uchta yuk konteynerining soxta pollari ostiga yashirilgan plastik idishlardan jami 2,7 tonna kokain topilgan.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, musodara qilingan giyohvand moddalarning qora bozordagi qiymati qariyb 816 million AQSH dollariga teng. Bu miqdor taxminan 3 million bir martalik dozani tashkil etadi.
Tezkor tadbir davomida 21 va 25 yoshli ikki nafar erkak qo‘lga olingan. Ularga yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda mamlakatga olib kirish va saqlash ayblovi qo‘yilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kokain Avstraliyaga Shimoliy Kvinslend hududi orqali olib kirilgan va keyinchalik Sidneyga yetkazilgan.
Mazkur operatsiya “Operation Minjiang” maxsus tergovi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ish bo‘yicha hozirgacha 3 tonnadan ortiq turli giyohvand moddalar musodara qilingan.































Izohlar 0
…