Xonanda Sardor Mamadaliyev qizining tavallud kunini nishonladi

Xonanda Sardor Mamadaliyev 16 iyul kuni Instagram sahifasi orqali qizi Yasminaning tavallud kuni nishonlanganini ma'lum qildi. San'atkor joylagan suratlari ostida qiziga ikki dunyo baxtini tilab, samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. Qisqa vaqt ichida e'tibor tortgan mazkur post ostida kuzatuvchilar Yasminani tabriklab, unga sog'lik, uzoq umr va baxt tilashdi.
Kecha, 16 iyul kuni xonanda Sardor Mamadaliyev ijtimoiy tarmoqdagi Instagram sahifasi orqali oilasidagi quvonchli voqeani muxlislari bilan bo‘lishdi. San’atkor joylagan suratlari orqali qizi Yasminaning tavallud ayyomi ekanini ma’lum qildi.
Xonanda suratlar ostida qiziga samimiy tilaklarini bildirib: "Bugun mening ona qizim Yasminaning tug‘ilgan kuni. Ikki dunyo baxtini bersin", deya yozib qoldirdi.
Qisqa vaqt ichida ushbu post ko‘plab muxlislar e’tiborini tortdi. Izohlarda kuzatuvchilar Yasminani tavallud kuni bilan tabriklab, unga sog‘lik, uzoq umr, baxt va yorqin kelajak tilashmoqda. Ko‘pchilik Sardor Mamadaliyevning oilasiga ezgu tilaklarini bildirib, qizaloqning doimo ota-onasining quvonchi bo‘lib ulg‘ayishini tilagan.






























Izohlar 0
…