Nodir Zoitov yangi avtomobil xarid qildi (video)

Xonanda Shirin Zoitovaning turmush o‘rtog‘i, bastakor va xonanda Nodir Zoitov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yangi avtomobil xarid qilganini ma’lum qildi.
U joylagan videoda Nodir Zoitov avtosalonga qizi Yasmina bilan birga borgani, yangi avtomobilni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etgani hamda mashinani tantanali tarzda avtosalondan olib chiqib ketgani aks etgan. Ota va qizning quvonchli lahzalari muxlislar e’tiborini tortdi.
Izohlarda kuzatuvchilar Nodir Zoitovni yangi avtomobil bilan samimiy tabriklab, oilasiga tinchlik, fayz-baraka va yangi mashina doimo xayrli xizmat qilishini tilab ko‘plab iliq fikrlarni qoldirishmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…