Sardor Mamadaliyev 41 yoshni qarshi oldi! (video)

Madaniyat1 daqiqa o'qish222
Sardor Mamadaliyev 41 yoshni qarshi oldi! (video)

Xonanda Sardor Mamadaliyev 10 oktyabr kuni 41 yoshni qarshi oldi. San’atkorning tug‘ilgan kunidan olingan turli videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muxlislar e’tiborini tortdi.

Videolarda xonandaning yaqin do‘stlari va hamkasblari davrasida tug‘ilgan kunini nishonlagani aks etgan. Bayramning eng samimiy lahzalaridan biri esa Sardor Mamadaliyevning o‘g‘li otasini tavallud kuni bilan tabriklab, unga chiroyli tilaklar bildirgan lavhalar bo‘ldi.

Shuningdek, xonanda davrada jonli ijroda qo‘shiqlar kuylab, mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan. Bayramdan tarqalgan videolar ostida muxlislar va kuzatuvchilar ham san’atkorni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ijodiy muvaffaqiyatlar tilagan.

Sardor Mamadaliyevning tavallud kuni aks etgan lavhalar uning muxlislari orasida iliq taassurot qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Sardor Mamadaliyev 1985 yil 10 oktyabrda tug‘ilgan. Xonanda “Dada”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Karvon”, “Bir kecha” va “To‘ylar muborak” kabi qo‘shiqlari bilan muxlislarga yaxshi tanish.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?