“Onamning qistovi bilan uylanganman” — Sardor Mamadaliyev (video)

“Onamning qistovi bilan uylanganman” — Sardor Mamadaliyev (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Sardor Mamadaliyev onasining qistovi bilan 30 yoshida oila qurganini ma'lum qildi.
  • Uning aytishicha, o'zi uchun munosib juft izlash jarayoni 27 yoshidan boshlangan va ikki-uch yil davom etgan.
  • Xonanda, agar onasi bo'lmaganida, hali ham uylanmagan bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

Xonanda Sardor Mamadaliyev “IntervyuTV” loyihasiga bergan intervyusida kech uylangani, umrining ikki-uch yilini o‘ziga munosib juft izlash bilan o‘tkazgani haqida gapirdi. San’atkorning aytishicha, u onasining qistovi bilan 30 yoshida oila qurgan.

Suhbat davomida boshlovchi xonandadan uylanish qarori qanday bo‘lgani, bu jarayon oson kechgan-kechmagani haqida so‘radi. Shuningdek, ko‘plab san’atkorlar uchun oila qurish oson bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Menga qolsa, hali ham uylanmagan bo‘lardim. Marhuma onam ko‘p gapirardilar. Ko‘ngil sezadi shekilli, onam: «ko‘zim tirikligida uylan, uylan», deb ko‘p aytardilar. Ularning qistovi bilan 30 yoshimda uylanganman”, — dedi xonanda.

Boshlovchi uning 30 yoshida oila qurganiga aniqlik kiritgach, Sardor Mamadaliyev bu yoshda insonning dunyoqarashi o‘zgarishini ta’kidladi.

“Odam baribir 30 yoshda boshqacha fikrlaydigan bo‘lib qolarkan. Oila, bola-chaqa haqida ko‘p o‘ylayvermaysiz. Shuning uchun onam yaxshi ham majburlagan ekanlar”, — dedi u.

Boshlovchi esa inson yoshi ulg‘aygani sari yolg‘iz hayotga ko‘nikib qolishi, juft tanlash imkoniyatlari ham ortib borishi mumkinligini aytdi.

Xonanda ham o‘ziga munosib juft izlash uchun ancha vaqt sarflaganini yashirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon 27 yoshidan boshlangan va ikki-uch yil davom etgan.

“Men ham ancha tanlaganman. Ikki-uch yil umrim ketgan. 27 yoshimdan boshlangan. Marhuma onam deyarli har kuni: «Qachon uylanasan? Qachon uylanasan?» deb so‘rardilar. Menimcha, 30 yosh yaxshi. 30 yoshdan keyin esa kech bo‘lardi”, — deya fikr bildirdi Sardor Mamadaliyev.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar