Kutilmagan holat: “Ummon” guruhi Buxoroda berilishi kerak bo‘lgan konsertiga kelmadi (video)

Kutilmagan holat: “Ummon” guruhi Buxoroda berilishi kerak bo‘lgan konsertiga kelmadi (video)
Qisqacha

Buxoro shahrida 17 iyul kuni soat 19:00 da “Universal” sport majmuasida boshlanishi rejalashtirilgan “Ummon” guruhi konserti ayrim sabablarga ko'ra qoldirildi. Tadbir oldidan Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar xodimlari jamoat tartibini saqlab, kelgan fuqarolarni tekshiruvdan o'tkazgan holda majmuaga kiritgan. Dastur boshlanishidan avval sahnaga chiqqan tashkilotchi chipta sotib olgan barcha fuqarolarga pul mablag'lari qaytarilishini e'lon qilgan.

Buxoro shahrida 17 iyul kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Ummon” guruhi konserti qoldirildi. Dastur soat 19:00 da “Universal” sport majmuasida boshlanishi rejalashtirilgan edi.

Tadbir oldidan majmua hududida xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar jamoat tartibini saqlash, tomoshabinlarni belgilangan tartibda kiritish ishlarini tashkil etgan.

Konsertga kelgan fuqarolar tekshiruvdan o‘tkazilib, sport majmuasiga kiritilgan. Ammo dastur boshlanishidan avval tashkilotchilardan biri sahnaga chiqib, ayrim sabablarga ko‘ra konsert qoldirilganini e’lon qilgan.

Tashkilotchi chipta sotib olgan barcha fuqarolarga to‘langan pul mablag‘lari qaytarilishini ham aytgan. Shu xabardan keyin odamlar majmuadan chiqib, kassalar atrofida to‘plangan.

Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning kassalar oldidagi navbati va ayrim e’tirozlari aks etgan videolar tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, vaziyat davomida jamoat tartibi buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Fuqarolar xavfsizligi Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ta’minlangan.

Konsertning qoldirilishi sabablari bo‘yicha hozirda tegishli tashkilotlar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar