"Jazirama issiqda tug‘ilgan" Parizodaning qizi Sa’diya 11 yoshini Vietnamda nishonladi!

Raqqosa Parizodaning 20 iyul kuni tug‘ilgan ikkinchi qizi Sa’diya 11 yoshni qarshi oldi. Oila bu sanani Vietnamda, ochiq havoda tashkil etilgan oilaviy davrada nishonladi. Bayram jarayonidan olingan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda ham e’lon qilindi.
Qizini tabriklar ekan, Parizoda Sa’diya ismining tanlanishi haqida gapirdi. Raqqosaning aytishicha, farzandi xonadonga shodlik, kulgi va ko‘tarinki kayfiyat olib kirsin, degan niyatda unga shu ism berilgan.
Parizoda tabrigida qizining 11 yoshga to‘lganini qayd etib, uni dunyoga keltirgan kunini ham yodga oldi. "11 yil avval jazirama issiqda men bu qizni dunyoga keltirgan edim", deb yozdi u.
Ayni paytda Parizoda oila a’zolari bilan Vetnamda hordiq chiqarmoqda. Raqqosa sayohat paytidagi kundalik lavhalarni sahifasi orqali kuzatuvchilariga ko‘rsatib bormoqda.































Izohlar 0
…